Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
"Gullar va qushlar bayrami" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Tadbirlar / 2021-05-13

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida atrof muhitga, tabiatga va hayvonot olamiga mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish, tabiat va hayvonot dunyosi, xususan, gullar hamda qushlarga oid bilimlarini namoyish etishga imkoniyat yaratish va ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash va ularga har tomonlama ko‘mak berib, iste’dodlarini namoyon etishlariga sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz tuman bo‘limi va tuman Xalq ta’limi bilan hamkorligida tumandagi 23-sonli umumta’lim maktabida “Gullar va qushlar bayrami” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan gullar va qushlar namoyishi, tabiatni asrashga bag‘ishlangan rasmlar va ijodiy ishlar ko‘rgazmalari namoyish etildi. 23-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari tomonidan "Tabiat va inson" mavzusida ochiq darslar tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida konsert tomosha dasturlari namoyish etilib, unda o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs