Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Qonunchilik palatasi deputati Termiz tumanida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Kengash faoliyati / 2024-04-19

Bugun Termiz tumanida Qonunchilik palatasiga 78-“Termiz” saylov okrugidan saylangan deputat Botir Mardayev saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv tuman hokimligi binosi va 1-Sektor shtabida o‘tkazildi. Tuman kengashi deputatlari, tashkilot va korxonalar mas’ullari hamda aholi vakillari, xususan, yoshlar ishtirok etgan uchrashuvlarda bugungi kunda yurtimiz qonunchiligida bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangi me’yoriy hujjatlar ularning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalindi.

Jumladan, noqonuniy egallangan yer maydonlarini rasmiylashtirish asoslarini yaratuvchi Qonun hujjatlari, shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024-2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1 may sanasidan e’tiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tabaqalashgan ta’riflarining joriy etilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tumanga tashrifi yakunida deputat Botir Mardayev tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Shuxrat Qalandarov hamda mas’ullar bilan mahallalarda “yettilik” faoliyati hamda aholi xonadonlarida “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqadan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs