Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Tabiiy zahiralarni asrash va tejash - har bir insonning burchidir

Keyingi vaqtlarda tabiiy resurslarni tejab, ulardan unumli foydalanish borasida tez-tez to‘xtalib o‘tilmoqda.

Dunyo olimlarining ta’kidlashicha “Agar biz bugun tabiiy resurslardan shu zaylda foydalansak, yaqin yillarda yirik ekologik muammolar girdobida qolib ketishimiz mumkin”.

Ayni shu maqsadda, yurtimizda energoresurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-aprel kuni 
“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan energoresurslar bilan bog‘liq bir qator yangiliklar joriy qilinmoqda, xususan:

  1. Maishiy iste’molchilar uchun ijtimoiy meyorlar belgilandi.

Qaror bilan, 1 maydan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun quyidagicha ijtimoiy (bazaviy) meyorlar kiritiladi:

elektr energiyasi – oyiga 200 kWh'gacha;

tabiiy gaz (mart–oktabr oylarida) – oyiga 100 kubometrgacha;

tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kubometrgacha.

Geografik va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitish mavsumi respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda oktabr–fevral oylari deb belgilandi.

  1. 2024 yil 1 maydan yangi tariflar kuchga kiradi

Elektr energiyasi uchun

Maishiy iste’molchilar uchun tariflar (1 kWh uchun, oyiga):

— 200 kWh'gacha – 450 so‘m (hozirda 295 so‘m);

— 201 kWh'dan 1000 kWh'gacha – 900 so‘m;

— 1001 kWh'dan 5000 kWh'gacha – 1350 so‘m;

— 5001 kWh'dan 10 000 kWh'gacha – 1575 so‘m;

— 10 001 kWh'dan keyin – 1800 so‘m.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida to‘lashda davom etadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra bitta xonadonda 11 turdagi elektr jihozlari ishlatilganida bir oyda o‘rtacha 180 kWh energiya sarflanadi.

Tabiiy gaz uchun

Isitish mavsumida – noyabr-fevral oylarida aholi xonadonlari uchun tabiiy gaz tariflari (1 kubometr uchun, oyiga):

— 500 kubometrgacha – 650 so‘m (hozirda 380 so‘m);

— 501 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1500 so‘m;

— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 1950 so‘m;

— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2275 so‘m;

— 10 001 kubometrdan keyin – 2600 so‘m.

Hisob-kitoblarga ko‘ra bitta xonadonda bir oyda o‘rtacha
500 kub/metr tabiiy gaz ishlatiladi.

Mart–oktabr oylarida:

— 100 kubometrgacha – 650 so‘m;

— 101 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1500 so‘m;

— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 1950 so‘m;

— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2275 so‘m;

— 10 001 kubometrdan keyin – 2600 so‘m.

  1. Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma’lumotlar har oyda yuboriladi

2024 yil 1 iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha oylik ma’lumot “bazaviy meyor” va undan ortiq hajmlar kesimida iste’molchilarga yuboriladi.

  1. Ehtiyojmand oilalarga meyordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun pul beriladi

Isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiyalar beriladi:

– noyabrda 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam;

– elektr va gaz bo‘yicha bazaviy meyordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

gaz uchun – oyiga bazaviy meyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr uchun – oyiga bazaviy meyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun to‘lovlar oktabr oyidan boshlab to‘lanadi.

Ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning esa qo‘shimcha ro‘yxati shakllantiriladi.

Tuman (shahar) hokimliklari ham mahallalar kesimidagi ehtiyojmand oilalar qo‘shimcha ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

  1. Ehtiyojmand oilalar kompensatsiya olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi kerak

Kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar noyabr – mart oylarida (har oyning 15-sanasigacha) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.

Bunda, arizada pasport ma’lumotlari, abonent raqami va telefon raqami ko‘rsatiladi. Ariza berilgan oyning 27-sanasigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ bilan birgalikda o‘rganiladi.

O‘rganish natijasi asosida kompensatsiya pullari ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasigacha ehtiyojmand oilalarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

  1. Plastik kartasi bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarga karta bepul ochib beriladi

Hokimliklar Xalq banki bilan birgalikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga muvofiq 2024 yil 1 noyabrgacha bank plastik kartasi bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar vakiliga bepul asosda plastik kartalar ochib berilishini ta’minlaydi.

 

Bahodir Ashurov

Termiz tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i

 

 

 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs