Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Prezident maslahatchisi Termiz tumanidagi xonadonlarda bo‘ldi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida berilgan topshiriqlariga asosan respublikamizning barcha hududlarida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholini band qilish, tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, daromadli qilib, kambag‘allikni qisqartirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda ushbu tajribaning viloyatimizda joriy etilishi bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan Gulyamov viloyatimizda bo‘lib turibdi.

Kuni-kecha Prezident maslahatchisi Termiz tumaniga tashrif buyurdi hamda viloyat mutasaddilari, tuman sektor rahbarlari hamrohligida “Namuna” mahallasidagi xonadonlarda “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xususan, aholining asalarichilik, bog‘dorchilik, issiqxonachilik, parrandachilik hamda chorvachilik kabi yo‘nalishlardagi tajribalari ko‘zdan kechirildi.

Aholining har bir qarich yerdan unumli foydalanishdagi tajribasini yuqori baholagan Prezident maslahatchisi ushbu tajriba asosida boshqa mahallalarda ham ishlarni sifatli tashkil etish lozimligini ta’kidladi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs