Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
“Mening mahallam - mening sudyam”

Termiz tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarga qarshi kurashish, muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar hamda mahalla xududlarida huquqbuzarliklarni oldini olish va unga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, giyoxvandlikka qarshi kurash, firibgarlik, talonchilik xamda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va ularning xuquqlarini himoya qilish maqsadida muntazam ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Xususan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi tomonidan hududlarda sodir etilgan jinoyatlarni tez fursatlarda fosh etish, pasport-viza rejimiga rioya qilishni taʼminlash, fuqarolarning xaq-huquqlarini himoya qilish, diniy-ekstremizm va terrorizmga, giyoxvandlik hamda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanganligi,  maktab o‘qutuvchilari tomonidan o‘quvchilarning darsga kelib ketishlarini nazoratga olingan.

Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining raisi Sh.Hasanov “Mening mahallam - mening sudʼyam” dasturi asosida tuman sudi tomonidan doimiy ravishda huquqiy targ‘ibot o‘tkazilayotganligi, fuqarolarni sud-huquq sohasidagi muammolari yuzasidan tushuntirish berilishini, barcha murojaatlar o‘rganilib, muallifiga maʼlum qilinishini, savollar yuzaga kelganda “Mening mahallam - mening sudyam” shiori asosida jinoyat sudining (76)228-30-02 ishonch telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkinligini aytib o‘tdi.

 

Sh.Hasanov

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Termiz tuman sudining raisi         

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs