Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Befarq va loqayd bo‘lmang, tashabbusni qo‘lga olish vaqti keldi.
E‘lonlar / 2022-01-21

Endi Ochiq budjet portali orqali o‘zimiz qaerga ichimlik suvi kerak, qaysi yo‘lni tuzatish kerak, qaysi bog‘cha yoki maktabni ta’mirlash kerak, taklif bera olamiz. Va taklifimizni mahalladoshlarimiz qo‘llab-quvvatlab, ko‘proq ovoz bersa, o‘shanga pul ajratiladi.

Tashabbuslar xarajati 1 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.

Xo‘sh, sizdachi? Taklif bormi? Unda nega qo‘l qovushtirib o‘tiribsiz? Tezda openbudget.uz saytiga kiring va tashabbus ko‘rsating. Davlat budjetini kerakli joyga ishlatilishida yordam bering.

Takliflar quyidagi mavzularda bo‘lishi kerak:

 ichimlik suvi ta’minoti;

 ichki yo‘llarni ta’mirlash;

 yoritish tizimlari bilan bog‘liq muammolar;

 maktab, bog‘cha, tibbiyot birlashmalari va boshqa ijtimoiy ob’ektlarni ta’mirlash, moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlash;

 umumjamoat foydalanishidagi ob’ektlarni ta’mirlash yoki jihozlash va boshqalar.

Befarq va loqayd bo‘lmang, tashabbusni qo‘lga olish vaqti keldi.

 

Termiz tuman hokimligi Axborot xizmati

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs