Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Tuman elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati o‘rganildi

Tuman hokimi Shuxrat Nazarov aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida bugun ertalab tuman Elektr tarmoqlari korxonasida bo‘ldi.

Joriy yil yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida yurtimizga kirib kelgan anomal sovuq davrida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarida energiya resurslari bo‘lgan talab ortdi. Buning natijasida elektr ta’minotida viloyat bo‘yicha ayrim kechlovlar o‘rganitilgan. Shuningdek, har bir hududda, aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarda kechayu-kunduz ishlovchi shtablar faoliyati tashkil etilgan.

Tuman rahbari Elektr tarmoqlari korxonasida tashkil etilgan shtab faoliyatini o‘rganar ekan, kelib tushayotgan murojaatlar, ularning ijrosi, joylarda sodir bo‘lgan “avariya” holatlarini bartaraf etish bo‘yicha “Tezkor brigadalar” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mas’ullarga kiritilgan cheklovlardan tashqari uzilishlarni bartaraf etish, nosozliklarni joyida tuzatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs