Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Shuxrat Nazarov: “Fuqarolar dardu-tashvishi bilan yashab, ularni rozi qilish harakatida bo‘lmagan rahbarlarga oramizda o‘rin yo‘q”

Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov bugun fuqarolar uchun birinchi shaxsiy qabulini o‘tkazdi. Tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan qabulda 14 nafar fuqarolarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, moddiy yordam ajratish, uy-joy bilan ta’minlash, elektr energiya, ichimlik suvi ta’minoti va boshqa masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Qabul qilingan murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, bir qanchasi ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, ijrosi muddat, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi. Ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

Tuman rahbari murojaatlarni mas’ullarga ijro uchun yo‘naltirar ekan, har bir murojaat mas’uliyat bilan o‘rganilishi lozimlini, fuqarolar murojaatlari bilan ishlamagan, ularning dardu-tashvishini o‘ylamagan, odamlarni rozi qilmagan rahbarlarga tumanda o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, haftaning juma kunlari soat 9:00 da tuman hokimining shaxsiy qabuli o‘tkazilishi belgilangan.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs