Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Tuman hokimi 1-Sektor mahallalaridagi “beshlik” bilan uchrashuv o‘tkazdi

Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov bugun “Qahramon” mahallasida joylashgan 1-Sektor shtabida hududda joylashgan 9 ta mahallada faoliyat olib borayotgan “beshlik” – mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda sektor hududidagi har bir mahalladagi “beshlik” faoliyati tahlil qilindi. O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid qilindi. Jumladan, mahallalarning rivojlanish dasturlari, xatlov jarayonlari haligacha yakunlanmagan, ayrim mahallalarda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Bu borada har bir mahalla va yo‘nalishlar kesimida umumiy holat tahlil qilinib, endilikda ishlash tizimini o‘zgartirish lozimligi, belgilangan vazifalar ijrosi qat’iy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Tuman rahbari yig‘ilish so‘ngida navbat bilan mahallalardagi mavjud holatni joyiga borgan holda o‘rganishini, aholining turmush tarzi bilan tanishishini ma’lum qildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs