Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Ishchi guruh a’zolari uchun navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Bugun, 10 may kuni tuman Mahalla markazi binosida joriy yil may oyida bo‘lib o‘tadigan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (Oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya va mahalladagi ishchi guruhlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminari davomida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini qonunchilik asosida tashkil etish va o‘tkazishda mahalladagi ishchi guruhlarning o‘rni, saylovga aholini jalb qilish, saylov o‘tadigan ob’ektlarda xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, saylov o‘tkaziladigan joylarga tibbiy xizmat ko‘rsatilishini samarali tashkil etish va shu kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.

 

Termiz tuman hokimligi Axborot xizmati

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 7 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs