Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Mahalla fuqarolar yig‘ini raisligi (Oqsoqoli) uchun saylovlar boshlandi

Termiz tumanida joriy yil may oyida 29 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla raisi (Oqsoqoli) saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylovga tayyorgarklik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tuman ko‘maklashuvchi komissiyasi hamda har bir mahallada tuzilgan faol aholi vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan saylovga tayyorgarlik jarayonlari tizimli olib borildi.

Bugun mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga (Oqsoqoli) saylovlarning birinchisi “Sh.Rashidov” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Tuman ko‘maklashuvchi komissiyasi dastlab “Sh.Rashidov” mahallasida aholi vakillari bilan uchrashib, saylovni o‘tkazish tartibi tushuntirildi. Saylovni boshlash bo‘yicha aholi vakillari ovoz bergandan so‘ng jarayonlarga start berildi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan, shaffof tarzda tashkil etilgan saylovda aholi vakillari blyutenlarni hisoblash jarayonlarini ham kuzatib borishdi.

Eslatib o‘tamiz may oyi davomida tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla raisligi (oqsoqoli) uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs