Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Termiz tumanida 16-maydan boshlab mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi boshlandi

Kuni-kecha tumandagi 4 ta mahallada (Namuna, Sh.Rashidov, Sabzipoya, Uchqizil) ovoz berish jarayonlari qonunchilik talablariga asosan o‘tkazilib, blyutenlarni hisoblash shaffofligini ta’minlash maqsadida aholi vakillarining jararyonlarda ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratildi.

Saylov jarayonlarida tuman ko‘maklashuvchi komissiyasi a’zolari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham ishtirok etishib, jarayonlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishini bevosita kuzatib borishdi.

Saylovlar bugun ham davom etadi va tumanning “Termiz” va “Qo‘ng‘irot” mahallalarida mahalla raisligi (Oqsoqoli) uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Aholimizdan o‘zlarining fuqarolik pozitsiyalarini namoyish etgan holda saylovlarda faol ishtirok etishlari va o‘zlari uchun munosib bo‘lgan nomzodga ovoz berishga chorlab qolamiz.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs