Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
«Yangi yer» mahallasi aholisi murojaatlari tinglandi

Tuman hokimi, 1-Sektor rahbari Shuxratjon Urinov aholi murojaatlarini tinglash, mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqish va qonuniy murojaatlarga yechim topish maqsadida «Yangi yer» mahallasida joylashgan 36-sonli maktabda sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda ichimlik suvi, elektr energiya, suyultirilgan gaz balon ta’minoti va boshqa masalalardagi murojaatlar bilan 50 ga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi. Murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda tumandagi aloqador korxona, tashkilot va muassasalari rahbarlari va mas’ullari ishtirok etishdi.

Ko‘pchilik fuqarolar tomonidan bildirilgan ichimlik suvi masalasi «Suvoqova» korxonasi tomonidan muqobil manbalardan foydalangan holda yetkazib berish orqali hal etilishi belgilandi. Bundan tashqari quvurlar orqali yetkazib berilayotgan ichimlik suvidan samarali foydalanish, suvni isrof qilmaslik borasida tushuntirishlar berildi hamda mahallaning «beshlik» mas’ullariga bu borada tegishli targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Sayyor qabul davomida 21 ta masala bo‘yicha murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, ularning 11 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etib berildi. Murojaatlarning 4 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va 6 ta murojaat mas’ullarga yo‘naltirilib, qo‘shimcha o‘rganish va belgilangan muddatlarda ijobiy hal etib berish vazifasi yuklatildi.

Sayyor qabuldan keyin mas’ullar tomonidan ayrim murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqqan holda ham o‘rganib chiqildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs