Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 16 avgust kuni e’lon qilingan Termiz tumani “Uchqizil” mahallasi Avtobaza ko‘chasida itlar ko‘payib ketganligi, odamlarga hamla qilayotganligi to‘g‘risidagi videomurojaat yuzasidan tuman hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Tuman hokimligi va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda mazkur video tasvirlar Termiz tumani “Uchqizil” mahallasida emas, balki tumanning “Nurafshon” mahallasida bundan chamasi 2-3 oy oldin tasvirga tushirilganligi aniqlandi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasining Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bo‘limi va tuman Veterinariya bo‘limi tomonidan tumanda daydi itlarni aniqlash, ularni ushlash, egalarini aniqlash, egasi topilmagan taqdirda tegishli tartibda zararsizlantirish tadbirlari o‘z vaqtida va belgilangan muddatlarda amalga oshirilib kelinmoqda.

Ko‘chada qarovsiz qolgan yoki odamlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hayvonlar tegishli tartibda ushlanib, Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bo‘limining tutilgan hayvonlarni saqlash joyiga joylashtirilgan. Bugungi kunda ushbu saqlash joylarida 4 ta it saqlanmoqda va kelgusida egasi aniqlanmagan taqdirda tegishli tartibda zararsizlantiriladi.

Shuningdek, mahallalarda, jumladan “Uchqizil” mahallasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasining Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bo‘limi, tuman Veterinariya bo‘limi va tuman Sanitariya sohasi vakillari tomonidan uyma-uy yurgan holda itlarni saqlash tartiblari va sharoitlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs