Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Senat ishchi guruhi tumanning ishbilarmon va tadbirkorlikka qiziquvchi xotin-qizlari bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senatining xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhining viloyatdagi tashrifi davom etmoqda.

Kuni-kecha ishchi guruh a’zolari Termiz tumanida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish natijalari yuzasidan o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishidan keyin tumandagi ishbilarmon va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan, o‘z faoliyatini boshlashda muammolari bor xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oliy Majlis Senatining Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi mudiri, ishchi guruhi a’zosi Nodira Shotursunova va ishchi guruh a’zolari, tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va tuman mas’ullari ishtirok etgan uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi xotin-qizlarning tashabbuslari, ularni amalga oshirishda duch kelayotgan muammolar tinglanib, muammoli masalalarini hal etish va tashabbuslarni amalga oshirish uchun ko‘rsatiladigan ko‘maklar to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazildi.

Har bir tashabbus mas’ullar bilan birgalikda ko‘rib chiqildi va kelgusida ko‘tarilgan masalalarga ijobiy yondoshgan holda ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilab olindi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 7 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs