Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Termiz tumanida oilaviy bolalar uyi faoliyatini boshladi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilimli va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish maqsadida joriy qilingan tizim ota-ona mehridan mosuvo bo‘lib kelgan murg‘ak qalblar hayotida tamomila yangi sahifa ochayotgani quvonarli.

Ana shu tizim samarasida bugun 6 nafar bola ota-ona mehr-muhabbati bilan bir oila davrasida baxtli hayotini boshladi. Bu Termiz tumanida dastlabki oilaviy bolalar uyi o‘z faoliyatini boshlagani bilan bog‘liq.

Termiz tumanining “Sh.Rashidov” mahallasida istiqomat qiluvchi Komiljon Toshpo‘latov va Dilorom Suyundikova oilasi bir-biridan shirin olti nafar bolani tarbiyasiga oldi. Xonadonda ularning emin-erkin yashashlari, oilaviy muhit taftini his qilib ulg‘ayishlari uchun barcha shart-sharoit muhayyo etilgan. Muhimi, bu bolalar endi ota-ona mehru-muhabbatidan bahramand bo‘lishadi, o‘zlarini tengqurlaridan aslo kam sezishmaydi.

Tumanda faoliyatini boshlagan ilk oilaviy bolalar uyining ochilish marosimida viloyat hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri Shaxodat Ibragimova, tuman hokimining o‘rinbosari Sanjar Nuriyev, Milliy gvardiyaning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi vakillari, mas’ullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ijtimoiy himoyaga muxtoj bolalarni o‘z bag‘riga olgan oilaga minnatdorchilik bildirib, farzandlarning ushbu oilada bekamu-ko‘st, komil inson bo‘lib voyaga yetishlarini tilashdi.

Bolajonlar uchun tadbir so‘ngida tuman hokimligi tomonidan keltirilgan sovg‘alar yaxshi niyatlar ila topshirildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 8 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs