Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Termiz tumanida 80 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turmush sharoitini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada «Ayollar daftari» platformasining yo‘lga qo‘yilishi va xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlanishi, ushbu maqsadlarga erishish yo‘lida samarali tizim bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ayollarni qo‘llab-quvvatlashning amaliy ko‘rinishlaridan biri bu ularning bandligini ta’minlash, o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdir. Shu maqsadda Termiz tumanida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 80 nafar xotin-qizga tikuv dastgohlari bepul tarqatildi.

Endilikda ular uyda o‘tirgan holda o‘zlarini band qilishlari va oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirishlari uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishdi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs