Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – xalq irodasining ifodasi, ertangi kunimiz va kelajagimiz poydevoridir!

Termiz tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Shuxratjon Urinov va viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Konstitutsiyasi 30 yilligi bilan muborakbod etishdi.

Fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlari, ularning kafolatlari o‘z aksini topgan Asosiy qonunimiz jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.

Ulug‘ bayram arafasida Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash kabi ezgu vazifalarni sidqidildan amalga oshirishda boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh fidoyi, tashabbuskor Termiz tumani vakillari “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirda tuman hokimi va viloyat hokimining o‘rinbosari tomonidan «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs