Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Hech kim mexr va e’tiborda chetda qolmaydi: 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni
Tadbirlar / 2022-12-03

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktabrdagi 47/3-sonli rezolyusiyasiga muvofiq har yili 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni sifatida dunyo bo‘ylab nishonlanadi. Uning maqsadi - jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini rag‘batlantirish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.

Har yili 3 dekabr sanasining mamlakatimizda xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanishi xalqimizning qalbi mehr va saxovatga to‘la ekanligidan dalolat beradi. Yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar davlatimiz tomonidan muhofazaga olingan, ularga doimo g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. O‘zgalar mehri va yordamiga muhtojlarning uylariga borib, holidan xabar olinadi, moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatiladi.

Termiz tumanida ham nogironligi bo‘lgan shaxslarni har taraflama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularning xonadonlariga borilib, holidan xabar olish hamda xayriya va saxovat yordamlarini ko‘rsatish tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun Termiz tumanidagi “Ar-Razzoq Halal” restoranida sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari Sanjar Nuriyev ishtirok etib, nogironligi bo‘lgan shaxslar doimo davlat va jamiyat g‘amxo‘rligida ekanligini ta’kidladi va ularga tuman hokimligi va hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari, protez-ortopediya jixozlari, nogironlik aravachasi va eshitish moslamasi topshirildi.

Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokilar qalbida va xush kayfiyat ulashdi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs