Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
KUBOK UCHUN START BERILDI
Tadbirlar / 2021-05-17

Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida uyushmagan va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar o‘rtasida sportning futbol va shaxmat turi bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘ining "Boshqarma boshlig‘i kubogi" sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Bugun, Termiz tumanida mazkur musobaqalarga start berildi. Sportning futbol turi bo‘yicha 4-Sektor hududida joylashgan mahallalar o‘zaro bellashishdi va murosasiz kechgan baxslarda "Navro‘z" mahallasi yoshlari birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 19 may kuni 1, 2, 3-Sektorlar hududidagi mahallalar o‘rtasida sektor birinchiligi uchun o‘yinlar o‘tkaziladi. Tuman birinchiligi 20 may kuni tuman markazida joylashgan "Marvarid" dam olish maskani o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Shaxmat bo‘yicha musobaqalarga esa 19 may kuni start beriladi.

Tumanimiz yoshlarini "Boshqarma boshlig‘i kubogi" sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

 

Termiz tuman hokimligi Axborot xizmati

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs