Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Термиз тумани ҳокимлиги
E’lon
Эълонлар / 2024-06-04

Elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida katta quvvatli kuch transformatori o'rnatiladi

Elektr energiyasi yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash maqsadida Termiz tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan 110/35/10 kVli "At-Termiziy" podstansiyasidagi T-2 quvvati 10 000 kVli transformatori o'rniga 25 000 kVli kuch transformatorini o'rnatish ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan bugun, 4-iyun kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha Qo'ng'irot, Mustaqillik, At-Termiziy, Namuna, Nurafshon, Bunyodkor, Yangiyer, Kelajak va "M.Eshtemirov" mahallalarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini ma’lum qilamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Изоҳ қолдириш

Сайт ҳақида фирингиз?

  • Ҳозир сайтда
  • 3 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
  • Валюта курс