Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Термиз тумани ҳокимлиги
Hokimlik soati: Topshiriqlar ijrosi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi

Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov rahbarligida qator masalalar yuzasidan navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari, tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Tumani hokimi dastlab, ijro intizomi, hujjatlarning yuritilishi, berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida sifatli qilib bajarilish holatini tanqidiy muhokama qildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida yangi yil bayramini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish bo‘yicha ishlarning borishi, arzonlashtirilgan yarmarkani sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash vazifalar belgilab berildi.

Изоҳ қолдириш

Сайт ҳақида фирингиз?

  • Ҳозир сайтда
  • 7 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
  • Валюта курс