Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Термиз тумани ҳокимлиги
Sayyor qabullar inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda

Aholi muammo va murojaatlarini tizimli o‘rganish, mas’ullar ishtirokida yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tumanning 1-sektor hududidagi “Qo‘ng‘irot” mahallasida tashkil etildi.

Termiz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Odil Yaqubov, mutasaddi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida o'tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiya, gaz va ichimlik suvi ta'minoti hamda ichki yo‘llarni ta'mirlash kabi masalalardagi 16 ta murojaati tinglandi.

Murojaatlarning uchtasi qabul davomida hal etilgan bo'lsa, ko'pchilik fuqarolar tomonidan ko'tarib chiqilgan to'rtta masalani qabuldan so'ng ishchi guruhi tuzgan holda joyiga chiqib o'rganilishi belgilandi. Qolgan murojaatlar ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qilganligi sababli hal etish vazifasi bilan mas'ullarga yo'naltirildi.

Изоҳ қолдириш

Сайт ҳақида фирингиз?

  • Ҳозир сайтда
  • 7 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
  • Валюта курс