Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
DIQQAT E’LON!
E‘lonlar / 2022-09-20

Aziz va muhtarama opa-singillar!

Xabaringiz bor, yutuqlarga erishgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan.

Siz ham ushbu mukofot sovrindori bo‘lmoqchimisiz?

Unda tanlovning tuman bosqichida ishtirok eting.

Bilimli, iste’dodli xotin-qizlarimiz 7 ta ya’ni, fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

G‘oliblar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Shoshiling, hujjatlar Termiz tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida qabul qilinmoqda.

Manzil: Termiz tumani hokimligi, Termiz tumani «Uchqizil» qo‘rg‘oni, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

Murojaat uchun telefonlar:

+99893 949 03 01
+99893 076 14 78

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 9 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs