Sessiya ishini Kengash raisi, tuman hokimi Shuxrat Nazarov boshqarib bordi. Unda Kengash deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Deputatlar tomonidan kun tartibidagi o‘n sakkizta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi. Deputatlar masalalar yuzasidan masʼullarga savol va takliflarini berishdi hamda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan masʼullar tomonidan javob berildi.
Shuningdek, yangidan saylangan uch nafar deputatlarga guvohnomalari va deputatlik nishonlari tantanali topshirildi.
Sessiya ishi tuman hokimligi Axborot xizmatining Facebook.com ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib borildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025