Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Termiz tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a’zolaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan joylarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish” mavzusida targ‘ibot-tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

 Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining 2022-yil 3-martdagi “Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish hamda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida davra suhbat tashkil etildi.

Mazkur tadbirda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, lavozimidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish  borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan sur’atga olingan “Nafsning so‘nggi manzili” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs