Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Termiz tuman bo‘limi tomonidan Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, bo‘limda korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida doimiy davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi davra suhbati tumandagi “Varroq Termiziy” jo’me masjidi vakili Abdullo Ochilov va bo‘lim boshlig‘i Erkin Tangriyev ishtirokida “Korrupsiya: uning tarixiy ildizlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, halol va xarom” mavzusida o‘tkazildi.

Davra suhbatida hallollik to‘g‘risida diniy soha xodimining ma’ruzasi va mas’ullarning “Halollik vaksinasi”ni bo‘limda joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlari tinglandi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs