Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Termiz tumani Adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

Davlat xizmatlari markazlari servisning yuqori sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi hamda mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik, idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olishni taʼminlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish sohasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

 Xususan, Termiz tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan o‘tgan davr 2022 yil davomida 26725 tadan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi.

Shundan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida - 17449 ta, elektron raqamli imzo berish - 4444 ta, Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazishda – 3571 ta xizmatlar ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  09.02.2017 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2016 yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan, 1084 ta tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Shundan, ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar – 201 tani, ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar – 468 tani, qayta ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar – 328 tani, qayta ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar – 87 tani tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.2019 yildagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat reestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi
704-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan, 177 ta tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Shundan, yuridik shaxslardan -119 nafar, jismoniy shaxslardan –58 nafar tadbirkorlik subektlaridan ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha arizalar qabul qilingan.

Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilgan davlat xizmatlarini aholi e’tiboriga yetkazish maqsadida gazeta va jurnallarga 20 ga yaqin va radioga 46 tadan ortiq davlat xizmatlari markazlariga kiritilgan yangi davlat xizmatlari bo‘yicha maqolalar berilgan.

Shuningdek, Termiz tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari olis va chekka hududlarda bo‘lib, muntazam ravishda fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish maqsadida sayyor (mobil) xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

2022 yil mobaynida, Termiz tuman Davlat xizmatlari markazlari tomonidan chekka va olis hududlar, aholi gavjum bo‘lgan joylarda 400 dan ortiq sayyor xizmatlar ko‘rsatilgan.

Xususan, dam olish kunlari fuqarolarning ehtiyoji bo‘yicha joylarga chiqib, murojaatlarni qabul qilishadi hamda yangi xizmatlar bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.

B.Xudoyberdiev,
Termiz tumani Adliya bo‘limi
 davlat xizmatlari markazi direktori

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs