Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

Ushbu xizmat turi boyicha jismoniy va yuridik shaxslarga bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma  berish tartibini belgilaydi.

Qaysi qonunlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi?

Ma’lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi hamda “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga rioya qilgan holda taqdim etiladi.

Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

bino va inshootlarning joylashgan manzili;

bino va inshootlarning kadastr raqami;

bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;

bino va inshootlarning umumiy maydoni;

bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;

bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);

bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;

bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;

cheklanish mavjudligi;

bino va inshootlarning kadastr qiymati.

 Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi:

Ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki davreestr.uz veb-sayti orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda esa so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

           Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.

Ushbu xizmatga tolov qilinadimi?

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Davlat xizmati uchun yig‘im undirilganligini tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng so‘rovnoma real vaqt rejimida Palataga elektron shaklda yuboriladi.

Palata so‘rovnoma tushgan va to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida QR-kod (shtrixli kod) qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoxud ariza beruvchiga YIDXP yoki davreestr.uz veb-sayti orqali yuboradi.

Ma’lumotnoma qancha vaqtda shakllanadi?

Davlat xizmatlari markazlari ma’lumotnoma tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga ma’lumotnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi mumkin.

Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilmagan holda taqdim etiladi (ko‘chmas mulk mulkdori tomonidan o‘z bino va inshootlarining mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun yo‘llangan so‘rovnomalar bundan mustasno).

Mazkur talablarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

 Gulnora Panjiyeva

Termiz tuman Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 14 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs