Bugun, 28 mart kuni Termiz tumani hokimligi katta majlislar zalida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Botir Mardaev, tuman hokimi Shuxrat Nazarov, viloyat va tuman kengashi deputatlari, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda "Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!" mavzusi doirasida yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar targ‘ib etildi.
Xususan yangilanayotgan Konstitutsiyada qishloq xo‘jaligi sohasi va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga aloqador normalar, ularda faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqlari kafolatlari haqida tushuntirirlash berildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025