Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi “Termiz xalqaro savdo markazi”da Yang Yang boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasining ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Xitoy delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida qator investitsiyaviy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, xususan, maishiy texnika va qozonxonalar ishlab chiqarish, yo‘l qurilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, yerlar degradatsiyasi va cho‘llanishini oldini olish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.
Shuningdek, qator kompaniya vakillari bilan Surxondaryo viloyatining Xitoyga tashrifida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasida ham suhbatlashildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2023