Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Maktab bitiruvchilarni bandligini taʼminlash muhokama qilindi

Termiz tumanidagi mavjud 33 ta umumtaʼlim maktablarini 2022-2023 o‘quv yilida 1120 nafar bitiruvchilar tamomlashdi. Shulardan 396 nafari yurtimizdagi davlat va nodavlat hamda xorijiy oliygohlarning talabasiga aylanishdi. Bu bitiruvchilarning 35,4 foizini tashkil etadi.

Termiz tuman hokimligi kichik majlislar zalida viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ilxom Saparov, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlim bo‘limi mutasaddilari hamda maktab direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi taʼlim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilarning bandligini taʼminlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda yoshlar bandligini taʼminlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlari belgilab olindi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs