Termiz tumanida joylashgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazida tuman oila va xotin-qizlari bo‘limi hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda notinch oilalardagi muammo va nizolarini o‘rganish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Termiz tuman oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oilaviy ajrimlarning oldini olish komissiyasi, tuman prokuraturasi va IIB masʼullari, 2-sektor hududidagi xotin-qizlar faollari, nizoli, ajrim yoqasida turgan oila vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar, keyingi yillarda yurtimizda oilalar manfaatini himoya qilish, xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, oilalarda tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish, ayniqsa, ajrimlarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida 2-sektor hududidagi 12 ta nizoli oila vakillari bilan suhbat olib borildi. Imom xatib, hoji onalarlarning suhbatidan so‘ng, yetti nafar oila vakilari o‘z xatolarini anglab, yarashishgan bo‘lsa, besh nafar nizoli oilalarga yarashish uchun maʼlum muddat berildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025