Bugun Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro qilinishi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi bandligini taʼminlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va boshqa masalalarda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda masʼullarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ayrim topshiriqlar ijrosidagi sustkashliklar ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirlarni jadallashtirish, topshiriqlarni muddatida va sifatli bajarish vazifalari topshirildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025