Termiz tumani Madaniyat markazi faollar zalida “Quturish kasaligiga qarshi kurashish ” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda viloyat va tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimlari, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutasaddi vakillari hamda tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda soha xodimlari tomonidan quturish kasalligining oldini olish, unga qarshi kurashning usullarini qo‘llash va qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish hamda saqlash borasida kelgusidagi qilinishi lozim bo‘lgan vazifa va chora-tadbirlar belgilab olindi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025