Aholining muammo va murojaatlarini tinglash, o‘rganish va hal etish maqsadida joylarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda tuman Xalq qabulxonasi tomonidan tumani markazidan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan “Gulbahor” mahallasida tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 10 nafar fuqaroning yigirmaga yaqin muammo va murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 6 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan 10 ta murojaatlar masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Mutasaddi rahbarlar ishtirokida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar aholini qiynab kelayotgan muammolarning manzilli yechilishiga xizmat qilmoqda.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025