Termiz shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning gimnastrada turi bo‘yicha viloyat bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz shahri va tumanlardan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 150 nafar o‘g‘il-qizlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Qiziqarli kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra;
birinchi o‘rinni Termiz tumanining “Oqqushlar” jamoasi, ikkinchi o‘rin Termiz shahar "Yosh yulduzlar" hamda uchinchi o‘rinni Olintsoy tumanining "Jaloliddin Manguberdi avlodlari" jamoasi qo‘lga kiritdilar.
G‘olib jamoalar tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Birinchi o‘rinni olgan jamoa musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2024