Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

Bugun Termiz tuman kasb-hunar maktabida Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tumandagi Probatsiya nazoratida bo‘lgan ishsiz fuqarolar uchun “Ishga marxamat” bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Aholi xususan, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan mazkur yarmarkada tumandagi korxona va tashkilotlar o‘zlarinning bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Yarmarkaga tashrif buyurgan 3 nafar fuqarolar o‘zlari xohlagan korxona bilan mehnat shartnomalarini tuzishgan bo‘lsa, 2 nafar fuqaroga kasb-hunar o‘rganish yo‘llanmasi berildi.

Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi va Ichki ishlar bo‘limi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Unda probatsiya ro‘yxatida jazo muddatini o‘tayotgan, tuzalish yo‘liga kirgan va qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan 4 nafar fuqarolar muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 8 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs