Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Hokimlik soati: Tayinlov, kuz-qish mavsumi, “Yashil makon” va obodonlashtirish masalalari muhokamasi

Bugun Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish avvalida Saitov Otabek Saparvaliyevich tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanganligi maʼlum qilindi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, masʼullarning axborotlari tinglandi. Mutasaddilarga aholi va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, kuzgi mavsum uchun daraxt ko‘chatlari ekish ishlarini uyushqoqlik bilan davom ettirish hamda joylarda obodonlashtirish va chiqindilardan holi hududga aylantirish ishlarini sifatli olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, joriy hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs