Bugun aholi murojaatlarini masʼul tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘rganish maqsadida Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida 10 nafar fuqarolarning moddiy va tibbiy yordam, uy-joy taʼmiri, bandlik, gaz va elektr energiyasi, ichimlik suv taʼminotlari va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa ayrim murojaatlarga huquqiy tushuncha berilib, ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida tumanning “Orol” mahallasida yashovchi fuqaro Ziyoda Qulliyevaning murojaati o‘rganilib, fuqaroning turmush o‘rtog‘iga nogironlik aravachasi berildi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2023