Aholining muammo va murojaatlarini tez va manzilli o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi “Bunyodkor” mahallasi aholisi uchun mahalla idorasi binosida o‘tkazildi. Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov rahbarligida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning elektr energiya, gaz, ichimlik suvi ta’minoti, moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash kabi qator masalalardagi murojaatlari tinglandi.
Har bir ko‘tarilgan masala mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqildi va muammolarga yechim izlandi. Jumladan, 15 ga yaqin murojaatning aksariyati qabul davomida hal etilib, ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish berildi.
Beshta murojaat ijrosi qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qilganligi sababli mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025