O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12-fevraldagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun so‘rovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YIDXP (my.gov.uz)da to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tadi.
Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi.
Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart - may oylarida test shaklida o‘tkaziladi.
Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun pedagog kadrlar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda - YIDXP) orqali 2024-yil 1-martdan boshlab murojaat qiladi.
D.Xurramova
Termiz tumani DXM
yetakchi mutaxassisi
© Termiz tumani hokimligi veb-saytlari 2025