Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Yangi tayinlov

Davlatov Yangibay Xolmirzayevich Termiz tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1979-yil Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshket moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – buxgalteriya hisobi va audit.

Yangibay Davlatov mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda, xususan, bo‘lim boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Termiz tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar 2022-yildan buyon Jarqo‘rg‘on tumani “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs