Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Press-tur tashkil etildi

Tomorqa  qo‘shimcha daromad manbai. Buni to‘g‘ri anglagan tumanimiz dehqonlari ham o‘z tomorqasidan samarali foydalanib, undan yil davomida hosil olib kelishmoqda.

Termiz tumanidagi aholi ham o‘z tomorqalarida issiqxonalar barpo etib, unda turli erta pishar poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda.

Ushbu issiqxonalarda yetishtirilayotgan poliz va sabzavot mahsulotlarni parvarishlash,  sifati, turli zararkunandalarga bardoshligi, ertapishar navlarni ommalashtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari, faol ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ishtirokida press-turlar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi press-tur tumanning “Yangi hayot” mahallasida joylashgan “Humoyiddin Farangiz” oilaviy korxonasiga qarashli, 2 gektar maydonda joylashgan issiqxonada tashkil etildi.

Ayni vaqtda mazkur issiqxonada pomidor va turli sabzavotlar yetishtirilmoqda. Tayyor mahsulotlar peshma-pesh mahalliy bozorlarga chiqarilmoqda.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs