Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Termiz tumanidagi maktablarda “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazildi

Oilada otalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va roli juda muhim. Shu boisdan Prezidentimizning viloyatimizga tashrifidagi tashabbusi bilan “Surxondaryo tajribasi” sifatida maktablarda alohida “Otalar yig‘ilishi”ni o‘tkazish amaliyoti joriy etildi.

Bugun Termiz tumanidagi barcha maktablarda 4-chorak dars mashg‘ulotlari boshlangan ilk kunda sektor rahbarlari, korxona, tashkilot va idoralar mutasaddilari hamda deputatlar ishtirokida “Otalar yig‘ilishi” tadbirlari o‘tkazildi.

“Yoshlarni yot g‘oyalardan asrash va ilmga bo‘lgan mehrini oshirish – barqarorlik omili” mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishlar farzandlar tarbiyasi, ularni o‘qishga, ilm olishga jalb qilishdagi muammolar, ularni hal etishda ta’lim muassasalari va otalarning hamkorlikdagi vazifalari muhokama qilindi.

Xususan, Termiz tumani hokimi, 1-Sektor rahbari Shuhrat Nazarov 36-sonli maktabda otalar, mahalla faollari va nuroniylari bilan uchrashdi. Maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan muloqot qilindi.

Tuman hokimi mutasaddilar bilan maktab hududida daraxt ko‘chatlari ekish tadbirida ham ishtirok etdi.

2 izoh

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 3 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs