Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Prezident topshirig‘i ijrosi: Yashil makon - ertangi toza va musaffo tabiat uchun bugundan harakat loyihasi

Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga kirishildi.

Xususan, Termiz tumani "Mustaqillik" mahallasida 17 gektar maydonda "Yashil bog‘" tashkil etilmoqda. Hududda tut, terak, jiyda, tol ko‘chatlari va qalamchalari ekilmoqda.

Ayni vaqtda tuman hokimi Shuhrat Nazarov boshchiligida tumandagi tashkilot, idora va korxonalar xodimlari, ko‘ngilli aholi vakillari hasharda faol ishtirok etib, ko‘chat va qalamchalarni ekishmoqda.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tuman bo‘ylab ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs