Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat faoliyatini olib borish

Ma’lumki keyingi yillarda davlatimiz tomonidan xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, kafolatli mehnat bozori bilan ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida davlat orqali xorijga ishga borishning afzalliklari hamda rivojlangan xorijiy davlatlarda ishlash istagi bor fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishga yo‘naltirish yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Surxondaryo filiali boshlig‘i - viloyat hokimining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha yordamchisi Hoshim Erdonov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Jo‘rabek Ho‘jaqulov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz tumani bo‘limi boshlig‘i Ro‘ziqul Alixanov va mutasaddi tashkilot vakillari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mahalla faollari o‘z hududidagi uzoq muddatga xorijga ishga ketgan fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan manzilli ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, turli noqonuniy xatti-harakatlar va Odam savdosi jinoyati xavfidan ogohlantirish yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida mutasaddi tashkilotlar tomonidan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilanib olindi.

 

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 4 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs