Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Hokimlik soati: Topshiriqlar ijrosi va kelgusidagi vazifalar muhokamasi

Bugun Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Kun tartibida ijro intizomi, murojaatlar ijrosi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar, mahallalarda obodonlashtirish ishlarining borishi hamda Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan hokim o‘rinbosarlari va mas’ullarning axborotlari tinglandi. Ayrim mutasaddilarning faoliyatlari tanqid qilinib, ogohlantirishlar berildi. Joriy hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tarmoqlar va sohalar bo‘yicha belgilab berildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 1 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs