Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Fuqarolar qabuli – muammolar yechimi

Bugun Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va o‘z vaqtida ijobiy hal etish uchun tumandagi tegishli tashkilot va korxona mas’ullari ham jalb etildi.

Qabulda fuqarolarning moddiy yordam olish, uy-joy ta’miri, tibbiy xizmat, tadbirkorlik qilish uchun yer ajratish masalasidagi o‘ndan ortiq murojaatlari tinglandi.

Fuqarolarning murojaatlari qabul davomida mas’ullar ishtirokida o‘rganilib, aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrim murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish uchun mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 2 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs