Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Termiz tumani hokimligi
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYOga borish shart emas

 Xabaringiz bor, 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.

Endilikda bola tug‘ilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYO bo‘limiga axborot tizimi orqali yuboradi.

FHDYO bo‘limi tug‘ilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.

Tibbiyot muassasalari maʼlumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

Ushbu maʼlumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYO bo‘limlari tomonidan  eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

Otalik belgilash va yolg‘iz ona arizasiga asosan tug‘ilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilishini qayd etishda bevosita FHDYO bo‘limiga murojaat qilinishi lozim.

 Maʼlumot uchun: mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.

 S.Sayfiddinov

Termiz shahar Adliya bo‘limi

YUXKM boshlig‘i                          

Izoh qoldirish

Sayt haqida firingiz?

  • Hozir saytda
  • 8 ta foydalanuvchi hozir saytda
  • Valyuta kurs